Toşkent şahrida ötkazilgan MDH Hukumat rahbarlari Kengaşining joriy yiğilişida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov "Özbekiston tomoni MDHdagi faoliyatini yangi sifat bosqiçiga olib çiqişga intilayotgani“ni bildirib ötdi.

Kengaytirilgan tartibda ötgan majlisda nutq sözlagan Özbekiston hukumati rahbari, eng avvalo, savdo, investitsiya, transport, turizm va ta'lim, şuningdek, xavfsizlik masalalarida a'zo davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini aytgan.

Abdulla Aripov Toşkent şahridagi yiğilişda iştirok etayotgan hukumat rahbarlarini MDH doirasida tölaqonli erkin savdo hududini yaratiş zarurligini, şu ma'noda masalaga e'tibor qaratiş lozimligini ma'lum qildi. Boş vazir şuning bilan özaro tovar ayirboşlaş hajmi oşişi, yangi korxonalar barpo etilişi va iş örni paydo bölişiga işonç bildirdi.

"Özbekiston an'anaviy tarzda Hamdöstlik platformasini yaxlit va samarali erkin fikr almaşiş maydoni sifatida köradi. Şuningdek, dolzarb masalalarda yakdil qarorga kelişda foydali hisoblanadi”, deydi Abdulla Aripov.