AQŞda muhandis va olimlarga talab kamaymoqda, dasturçilarga esa - yöq. The New York Times şu haqida xabar berdi. 

Ma'lumotlarga köra, universitetlar mamlakatga keragidan ortiq biologlar, fiziklar, matematiklar va antropologlarni tayyorlaydi. Tadqiqotçilar mehnat bozorini örganib, bitiruvçilar uçun işçi örinlarning yetişmasligiga doir xulosaga kelişdi. Faqat kompyuter bilimlari va şu bilan boğliq kasblargina bundan mustasno.

Bu ta'limning STEM-modeliga qarata otilgan "toş"dir. Sönggi yillar davomida uşbu model AQŞ tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlab kelinadi. Haqiqatda, uning tarkibi hisoblangan ilm-fan, texnika, injyeneriya, matematika mamlakatning muvaffaqiyatli rivoji, innovatsiyalarni joriy qilişda muhimdir. Bu model şu qadar keng qamrovliki, u böyiça ta'lim oluvçi inson doim hayotda öz örnini topişi mumkinligi közda tutilgan. Aslida esa bu qisman töğri. Hisobotlarga köra, bugungi kunda STEM'da faqat «T» — technology haqiqatda daromadli soha hisoblanadi. Bu kompyuter texnologiyalari bilan boğliq barça narsalarni qamrab oluvçi keng kategoriyadir.

Biroq STEM juda ham köp yönalişlarni birlaştirgan. Model muhandis-dasturçilar bilan birga astronomlar, fiziklar va geologlarni ham tayyorlaydi. Glassdoor vakansiyalar sayti vakillarining aytişiça, bugun AT va an'anaviy ilm-fan vakillari örtasida juda katta uziliş  hosil bölgan. Masalan, Computer Science yönalişi bitiruvçisining ilk beş yildagi örtaça yillik maoşi 70 ming dollarni taşkil qiladi, biokimyo profilida esa bu körsatkiç 46 ming dollarga teng.

STEM töliq AT-mutaxassislar tomon yönalmoqda. Vaşington universitetining informatika böyiça professori Edvard Lazovski yaqinda STEM-modelning turli toifalari mutaxassislarining bandligiga doir tahlil ötkazdi. Uning prognozlari yuqoridagi ma'lumotlarga muvofiq keldi. STEM-mutaxassislar bandligining ösişi 73 foizga kompyuter bilimlariga asoslangan, an'anaviy bilimlarga esa 3 foiz va hatto undan-da kam. LinkedIn şunday natijalari bilan bölişdi. Servis mehnat bozoridagi eng talabgor 10 könikma haqida ma'lum qildi va ularning orasida fizika hamda biokimyoga oid bilimlar bölmagan.