Argentinaning sobiq vitse-prezidenti Amado Budu noqonuniy ravişda boyiş işi böyiça hibsga olindi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti suddagi manbaga asosan.
Budu juma kuni Buenos-Ayresdagi öz uyida qölga olindi.
"Budu federal sudya Ariel Lixoning topşiriği böyiça qölga olingan", - deya ma'lum qilişdi manbalar. Xabar berilişiça, sudya sobiq amaldorga nisbatan iş qözğatiş haqida qaror qabul qilgan.
Bududan taşqari, uning sobiq şerigi Xose Mariya Nunes Karmona ham qölga olindi, uning ham şu işga aloqasi borligi aytilmoqda.
Budu prezident Kristina Fernandes de Kirşner davrida – 2011-2015 yillarda vitse-prezident lavozimini egallagan. 2014 yilda u iqtisodiyot vaziri davridagi firibgarliklar böyiça iş doirasida korrupsiyada ayblangandi.












