Şu yilning 2-3 noyabr kunlarida Toşkent şahrida ötkazilişi rejaştirilgan MDH a'zo davlatlar hukumat raislari Kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun Özbekistonga kelgan Qirğiziston Respublikasi Boş vaziri Sapar Isaqov bugun Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetiga taşrif buyurdi.
Qirğizistonlik mehmonlar ÖzMUda taşkil etilgan «Çingiz Aytmatov va Özbekiston» doimiy ekspozitsiyasi bilan tanişişdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, ÖzMU rektori Avazjon Marahimov, adabiyotşunos Ahmadjon Meliboyev va boşqalar atoqli qirğiz adibi Çingiz Aytmatov allaqaçon millionlab özbek kitobxonlari qalbidan munosib joy olgani haqida söz yuritişar ekan, prezident Şavkat Mirziyoyevning şu yil 5-6 sentabr kunlari Qirğizistonga davlat taşrifini amalga oşirgan çoğida uluğ yozuvçi Çingiz Aytmatovning özbek va qirğiz xalqlari haqida «Xalqlarimizning qoni bir, tili bir» degan hikmatli sözlarini misol qilib keltirgani barçada katta qiziqiş uyğotganini alohida ta'kidlaşdi.
Ekspozitsiya mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi.



Ular atoqli adib Çingiz Aytmatovning yaqinda çop etilgan töla asarlar töplamlarini tuhfa etişdi.













