Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni mamlakatimizda rasmiy taşrif bilan bölib turgan va MDH Hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etadigan Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.

Suhbat çoğida joriy yilning aprel oyida Moskva şahrida ötgan oliy darajadagi muzokaralar, ikki mamlakat rahbarlarining uçraşuvlari, jumladan, oktabr oyida MDHning Soçi sammiti doirasidagi muloqoti strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga kuçli sur'at bağişlagani, özaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitgani alohida ta'kidlandi.

Köp qirrali Özbekiston – Rossiya munosabatlarini yanada kengaytiriş, özaro savdo hajmini oşiriş, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qöşma kooperatsiya loyihalarini hayotga tatbiq etiş, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Rossiya Hukumati raisi Dmitriy Medvedev Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatlarimiz şeriklik munosabatlari va özaro amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşdan manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.