Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasining qarori (2017 yil 27 oktabr) bilan yangi Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini beriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda bölgan Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini beriş tartibi töğrisidagi nizom (2016 yil 5 fevral) öz kuçini yöqotdi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Yangi Nizomda sport hakami öz majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda unga nisbatan qöllaniladigan çoralar qat'iylaştirildi.
 
Ilgari bunday hollarda quyidagi çoralar qöllanilişi mumkin edi:

•  sport musobaqasi hakamligidan çetlaştiriş (sport musobaqasi taşkilotçisi tomonidan);
•  toifani pasaytiriş yoki undan mahrum etiş haqida ogohlantiriş (vakolatli organ tomonidan);
•  toifani pasaytiriş (vakolatli organ tomonidan);
•  toifadan mahrum etiş (vakolatli organ tomonidan).
 
Endilikda hakamlarga nisbatan yagona çora qöllaniladi – ular sport federatsiyalari (uyuşmalari)ning sport hakamlari hay'atlari tomonidan sport hakamligidan butunlay yoki vaqtinça çetlaştiriladi.
 
Bundan taşqari Endilikda “Birinçi toifali sport hakami” (şu jumladan, sportning texnik va amaliy turlari böyiça) toifasi, tegişliça, Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi Mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining hududiy organlari tomonidan beriladi. Ilgari uşbu toifa, tegişliça, Madaniyat va sport işlari vazirligi (qömitadan avvalgi idora) Mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkilotining özi tomonidan berilardi.
 
Yangi Nizomda belgilanişiça, “Milliy toifali sport hakami” toifasini olişdan oldin “Xalqaro toifali sport hakami” toifasini qölga kiritgan sport hakamining toifasi “Milliy toifali sport hakami” toifasidagi hakam hisoblanadi.
 
Endilikda “Milliy toifali sport hakami” toifasini olişdan oldin “Birinçi toifali sport hakami” toifasi berilganiga kamida 2 yil (ilgari - 3 yil) ötgan bölişi lozim.
 
Hujjat 2017 yil 27 oktabrdan kuçga kirdi.