Belgiya federal prokuraturasi rasmiy vakili Erik Van der Siptning ma'lum qilişiça, Belgiya hukumati Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puçdemonning hibsga olinişiga order oldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” axborot agentligi.

“Biz Puçdemonning hibsga olinişiga Yevropa orderini oldik, uni örganib çiqib, sud tergovçisiga topşiramiz. Buning vaqt böyiça muddati yöq – ehtimol bu ertaga, indinga yoki duşanba kuni yuz beradi”, deb aytgan Van der Sipt.

Ta'kidlanişiça, order tergovçiga beriladi, u ehtimol Puçdemonning ekstraditsiya qilinişi böyiça qarorni qabul qiliş uçun uni söroqqa çaqirtiradi. Söroqdan keyin tergovçida qaror qabul qiliş uçun 24 soat vaqt böladi.

Hozirda Puçdemon Belgiyada qolmoqda.