Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan Tadbirkorlik sub'yektlariga «Yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari orqali körsatilayotgan davlat xizmatlari röyxatiga elektron raqamli imzo sertifikatini beriş xizmati qöşildi.

Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, endilikda tadbirkorlik sub'yektlariga elektron raqamli imzo sertifikatini beriş adliya organlarining «yagona darça» markazlari orqali amalga oşiriladi. Bu esa avvalambor tadbirkorlarning ortiqça vaqt va sarf-xarajatlarini tejaşga hamda sansolarliklarni bartaraf etişga yordam beradi.

Uşbu elektron raqamli imzodan tadbirkorlar davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan körsatiladigan barça turdagi xizmatlaridan foydalanişda qöllanadi.