Germaniyaning Max Bögl Wind AG kompaniyasi dunyodagi eng baland şamol turbinasini barpo etdi. Turbinaning ustuni 178 metrni, minoraning parraklari bilan birga umumiy balandligi esa 246,5 metrni taşkil qiladi. Bu haqda Electrek yozdi.
Max Bögl Wind AG dunyodagi eng baland şamol elektr stansiyalarini quriş bilan şuğullanadi. Yangi şamol turbinasi Gayldorfda örnatilgan. U balandligi 155 metrdan 178 metrgaça keladigan 4 ta minoradan iborat guruhning bir qismi hisoblanadi. Har bir turbinada 3,4 MVt lik generator örnatilgan. Kompaniyada aytilişça, uşbu turbinalar işlab çiqaradigan energiya yiliga 10 500 MVt-soatni taşkil qiladi. Loyiha qiymati 70 mln yevroni taşkil qilgan va har yili 6,5 mln yevro daromad keltirişi kutilmoqda.
Öta baland şamol turbinalarida “suv batareyasi” tajribaviy texnologiyasi, ya'ni energiyaning gidroakkumulyatsiyasi qöllanadi. Bunda suv rezervuari sifatida 40 metrlik minora xizmat qiladi. U şamol turbinalaridan 200 metr pastda joylaşgan gidroelektr stansiya bilan boğlangan. Şamol energiyasining ortiqçasi suvni tortiş kuçiga qarşi haydaş va uni rezervuarda saqlaşga işlatiladi. Zarurat tuğilganda suv elektr toki beriş uçun çiqarib yuboriladi. Energiyani saqlaş va uni tarmoqqa uzatiş rejimlarini özgartiriş uçun 30 soniya kifoya qiladi. Rezervuar siğimi 70 MVt-soatni taşkil qiladi, bu esa örtahol amerikalik oilaning uy xöjaligini elektr tok bilan 7 yil ta'minlaşga yetadi.

Şamol turbinasi balandligining bir metrga oşirilişi past turbulentlik va şamol tezligi yuqoriroqligi hisobiga yiliga 0,5-1 foiz köproq energiya işlab çiqarişga imkon beradi. Şu sababli şamol turbinalari borgan sari balandroq qurilmoqda. Misol uçun, Vestas kompaniyasi keyingi yilda 241 metr balandlikka ega şamol elektr stansiyasi prototipini örnatmoqçi.
Hozirda Yevropada elektr energiyaning ançagina qismi şamol energiyasi hisobiga olinadi. Ötgan dam oliş kunlari bu borada rekord natija qilindi: Yevropa Ittifoqida iste'mol qilinuvçi jami elektr energiyaning 24,6 foizi YeIning 28 ta davlatida örnatilgan şamol generatorlari hisobiga olindi.












