Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy Qömitasi Boş kotibi Si Tszinpin Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi. Maktub matni ÖzA tomonidan keltirilgan.
«Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasining 19-s'yezdi muvaffaqiyatli yakunlangani va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qömitasi Boş kotibi lavozimiga qayta saylanganim munosabati bilan tabriklab yöllagan maktubingiz uçun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Sönggi yillarda birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan Xitoy –Özbekiston munosabatlari jadal faollaşgani va samimiylik, işonç va özaro manfaatdorlikka asoslangan har tomonlama strategik şeriklik darajasiga kötarilganidan mamnunman. Mamlakatlarimiz oliy darajadagi mustahkam aloqalar tarafdoridir, siyosiy işonç asosida «Bir makon, bir yöl» loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda, qator yirik qöşma loyihalarni amalga oşirmoqda. Bu esa xalqlarimizga birdek foyda keltirmoqda. Joriy yilning may va iyun oylarida Siz bilan Pekin va Ostona şaharlarida ikki marta uçraşdik. Buning natijasida ikki tomonlama munosabatlar va barça sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça salmoqli kelişuvlarga erişildi.
Xitoy va Özbekiston örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik aloqalarini rivojlantirişga katta e'tibor qaratmoqdaman. Bundan buyon ham Siz bilan birgalikda özaro munosabatlarimizni Xitoy va Özbekiston örtasidagi köp asrlik döstlik ruhida rivojlantiriş, yangi tarixiy davrda xalqlarimiz va butun insoniyat farovonligi yölida barqaror va uzoq istiqbolga möljallangan taraqqiyotga erişiş uçun yangi imkoniyatlarni işga solişga tayyorman!», deyiladi maktubda.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev ötgan haftada Xitoy rahbarini Kompartiya markaziy qömitasi boş kotibi lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabriklagandi.












