Dilşodning xayolini “ğoyibdan kelajak” mömay daromad öğirladi-qöydi. “Şundoqqina oyoğing ostida pul daryoday oqib yotgan bölsa-ya... Çelaklab olganing bilan daryoning suvi kamayib qolarmidi?”. Şu tariqa u Javlon Husainov va boşqalar bilan jinoiy til biriktirdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Şeriklar Ğuzor tumani Abduhamid qişloği orqali ötuvçi “Şörtanneftgaz” MÇJga gaz va gaz kondensatini yetkazib beruvçi yuqori bosimli gaz quvurining yer ostidan ötuvçi 28-kilometridagi qismini teşib, “qaynarbuloq” hosil qilişdi. “Buloq”qa qölbola kran örnatişdi, şlang ulaşdi.

“ChigilNeftGaz” MÇJning qöriqlaş uçastkasi komanda boşliği R.Luqmonov öşa tunda odatdagidek sergak edi. Navbatçi qöriqçi A.Jovliyev 28-kilometrda allaqanday şarpalar yurgani haqida xabar qilib qoldi. Zudlik bilan öşa hududga otlanişdi. “Qaynarbuloq”qa yaqinlaşganlarida, tepalikdan ularni körib qolgan kondensat öğrilari ikkita maşinaga ötirib, qoçib qolişdi. Biroq ularning bir şerigi aftidan maşinaga çiqişga ulgurmadi, şekilli, özini taşlab ketgan oqibatsiz şeriklarining çap quloğini qizitganiça, “qaynarbuloq” yonida qolib ketdi.

Qöriqçilar Javlon Husainovdan nima qilişayotganini söraşganida, kondensat öğirlaşayotganini tan olişdan özga iloj topa olmadi. Quvur teşigi yonida qolib ketgan 200 litrlik siğimdagi temir boçka va ayrimlari töldirilgan, ayrimlari böş yelim idişlar hamda şlang ham bu yerda nimalar bölganidan dalolat berib turardi. Javlon unga faqat kondensat töldirilgan idişlarni maşinaga ortiş topşirilganini, quvurni kim teşganini bilmasligini, öşa keça bu yerga qişloqdoşlari S.Pölatov va D.Raupov bilan birga kelişganini, narigi maşinadagilarni tanimasligini bildirdi.

“ChigilNeftGaz” MÇJ ma'lumotlariga köra, Abduhamidning qişloği orqali ötgan gaz quvuri yuqori bosimli hisoblanadi. Uning kondensat öğrilari tomonidan teşilişi natijasida xomaşyoni yetkazib berişda muammolar, hosil qilingan oçiq favvoralarda portlaş xavfi yuzaga kelgan. Keça-yu kunduz navbatçilik qilinişi natijasida portlaş va yonğinning oldi olindi. Quvurni ta'mirlaş vaqtida – 21 soat davomida zavodga xomaşyoni boşqa kollektor orqali yetkazib turişga töğri keldi. Ta'mirlaş vaqtida olovli işlar olib borilgani bois, nosoz quvurdagi V-243 ming metr kub (7 mln. 600 ming sömlik) gazni atmosferaga böşatişga majbur bölişdi. Boşqa taşkilotlarning maxsus brigadalari va texnikalari yollandi. Şu tariqa ta'mirlaş işlariga jami 13 mln. 309 ming söm sarflandi.

Qilğilikni qilib qöyib, sud zalida boşini xam qilib ötirgan quvurteşarlar jinoyatlariga qisman iqror bölişsa-da, jinoyatning oqibatini tuşunmasdan sodir etişganini, yetkazilgan zararni tölaşga qurblari yetmasligini bildirişdi.