MDH doirasida hamkorlikni rivojlantiriş uçun barça yuridik asoslar yaratilgan, dedi Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev Toşkentda bölib ötgan MDH davlatlari hukumat rahbarlarining uçraşuvida.
Medvedevning sözlariga köra, joriy yilda MDH doirasidagi tovar aylanmasi 25 foizga oşgan.
Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripovning ta'kidlaşiça, respublika MDHdagi faoliyatini yangi sifat bosqiçiga olib çiqişga intilmoqda.
Boş vazirning sözlariga köra, Özbekiston MDHni keng kölamli dolzarb masalalar böyiça oçiq va işonçli fikrlar almaşinuvçi platforma deb hisoblaydi.
Abdulla Aripov Özbekiston hamdöstlikka a'zo davlatlar bilan investitsiya, transport, turizm va ta'lim hamda xavfsizlik masalalarida hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Ta'kidlaş joizki, Toşkentdagi uçraşuvda mamlakat boş vaziri Abdulla Aripov, RF boş vaziri Dmitriy Medvedev, Belarus boş vaziri Andrey Kobyakov, Qozoğiston boş vaziri Bakitjon Sagintayev, Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov, Tojikiston boş vaziri Kohir Rasulzoda, Armaniston boş vaziri Karen Karapetyan, Ozarboyjon boş vazir örinbosari Yoqub Ayubov, Turkmaniston boş vazir örinbosari Esenmurod Örazgeldiyev, şuningdek Moldovaning Belarusdagi elçisi Viktor Soroçanlar iştirok etişdi.
















