2017 yilning 1 noyabrdan 2 noyabrga ötar keçasi, R.T. özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Mirobod tumani hududida joylaşgan parfyumeriya buyumlari dökoni eşigi qulfini kalit tanlaş yöli bilan oçgan holda ğayriqonuniy ravişda kirib, fuqaro S.T.ga tegişli bölgan jami bahosi 33.452.000 sömlik mol-mulkini öğirlab, jinoyat joyidan yaşiringan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (öğrilik, ya'ni ança miqdorda, omborxona va boşqa xonaga ğayriqonuniy ravişda kirib, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.











