FIFA referisi Ravşan Ermatov  boşçiligida özbekistonlik hakamlar brigadasi klublar örtasidagi JÇda işlaydi. Bu haqda ÖFF rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, Ermatovga musobaqa davomida qanot hakamlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berişadi.

Eslatib ötamiz, klublar örtasidagi JÇ şu yilning 6-16 dekabr kunlari Birlaşgan Arab Amirliklari poytaxti Dubay şahrida bölib ötadi.

FIFA tomonidan kelgan taklifga köra, yana boşqa hakamlarimiz ham xalqaro uçraşuvlardan taklif olgan. Jumladan, 14 noyabr kuni Kambodjaning Pnompen şahrida Osiyo Kubogi-2019 saralaşidan örin olgan Kambodja va Iordaniya terma jamoalari örtasida uçraşuv bölib ötadi. Mazkur öyinni FIFA referisi Ilgiz Tantaşev boşqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Andrey Tsapenko yordam berişadi. Törtinçi hakam vazifasini Dmitriy Pislegin bajaradi.

Şuningdek, 4-8 noyabr kunlari Qatar davlatida bölib ötadigan U-19 Osiyo çempionati saralaşi «S» guruhidan örin olgan  uçraşuvlarda yana bir FIFA referisi Aziz Asimov qanot hakami Husniddin Şodmonov bilan birgalikda iş olib boradi.

4-8 noyabr kunlari Möğuliston poytaxti Ulan-Bator şahrida ötkaziladigan U-19 Osiyo çempionati saralaşi «I» guruhidan örin olgan  uçraşuvlarda esa FIFA referisi Şerzod Qosimov qanot hakami Timur Gaynullin bilan işlaydi.