«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronalduga Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi talqiniga köra 2016 yilning eng yaxşi töpurari sovrini topşirildi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Gollarni hisoblaş çoğida xalqaro darajada terma va klub uçun urilgan töplargina hisobga olinadi. 2016 yilda 32 yoşli forvard 24 ta gol kiritdi (Portugaliya termasi uçun – 13 ta, «Real» uçun – 11 ta). Ronaldu uşbu sovrinni rekord, uçinçi marotaba qölga kiritdi. Avval u 2013 va 2014 yillarda ham bu borada tengsiz deb topilgandi.