Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni MDH Hukumat rahbarlari kengaşining Toşkent şahrida ötgan navbatdagi majlisida iştirok etgan Qirğiziston Boş vaziri Sapar Isoqov, Armaniston Boş vaziri Karen Karapetyan hamda Ozarbayjon Boş vazirining birinçi örinbosari Yoqub Eyubov bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Qirğiziston Boş vaziri Sapar Isoqov bilan muloqotda Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi köp qirrali aloqalar jadal rivojlanayotgani çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Foto: prezident.uz

Sönggi oylarda bölib ötgan oliy darajadagi özaro taşriflar va ularning samaralari ikki tomonlama munosabatlarni strategik şeriklik bosqiçiga kötardi. 

Qabul qilingan qaror va erişilgan kelişuvlarning keng miqyosda amalga oşirilişini ta'minlaş masalasi, tovar ayirboşlaş hajmini yanada oşiriş, sanoat va qişloq xöjaligi sohalarida kooperatsiyani rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. 

Armaniston Boş vaziri Karen Karapetyan bilan uçraşuvda özaro aloqalarning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlaridan samarali foydalaniş zarurligi qayd etildi. 

Foto: prezident.uz

Davlatimiz rahbari tomonidan özaro manfaatli amaliy hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi aloqalarni kengaytiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Qöşma Hukumutlararo komissiyaning samarali faoliyatini ta'minlaş muhimligi ta'kidlandi. 

Ozarbayjon Boş vazirining birinçi örinbosari Yoqub Eyubov bilan Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi savdo, energetika, transport va tranzit sohalari, şuningdek, boşqa ustuvor yönalişlardagi özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama etildi. 

Foto: prezident.uz