Avstraliyaning Viktoriya shtatida, Taradeyl shaharchasida 60 yoshli erkak mototsikli bilan kenguruga borib urilishi oqibatida vafot etdi.
The Australian xabarida yozilishicha, ushbu hodisa 5 noyabr tongida ro‘y bergan. Jonivor bilan to‘qnashgan mototsiklchi yo‘ldan chiqib ketgan va olingan jarohatlaridan vafot etgan. Kenguruning holati haqida ma'lumot yo‘q.
Avstraliya politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, kengurular har yili o‘rtacha 20 ming avariya sababchisi bo‘ladi.











