Jahon | 11:20 / 05.11.2017
8584
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Osiyo turnesida ko‘riladigan asosiy masalalar haqida ma'lumot berdi

Foto: AFP

4 noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Osiyoga turnesi vaqtida savdo masalalarini muhokama qilmoqchiligini aytdi. 

“Biz Shimoliy Koreyaga e'tibor qaratamiz. Biroq katta e'tibor halol savdo masalalariga qaratiladi. Bu men uchun juda muhim”, deb aytdi Tramp uni Tokioga kuzatib borayotgan jurnalistlarga.

Tramp 5 noyabrda Yaponiyada bo‘ladi, 6-7 noyabrda Janubiy Koreyaga, 8 noyabrda Xitoyga boradi. So‘ngra 10 noyabrda Vetnamda OTIH sammitida ishtirok etib, 12-14 noyabr kunlari Filippinga amalga oshiradigan safari bilan turnesini yakunlaydi.    

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid