Bugun, 6 noyabr kuni Adliya vazirligida “Yuridik yordam va xizmat körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş: notarial sohasidagi islohotlar” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi. 

Tadbirda qayd etilganidek, notarial idoralarga murojaat qiluvçilar soni kundan kunga ortib borayotganini inobatga olib, vazirlik tomonidan notarial harakatlar turlari böyiça tahlil qilingan hamda davlat taşkilotlari va idoralar tomonidan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab qilinişini çeklovçi hukumat qarori loyihasi işlab çiqilgan. Uşbu qarorning tasdiqlanişi notarial idoralardagi navbat kutiş holatlari 30-40 foizga kamayişiga va notarial xizmat körsatiş tezkorligi oşişiga xizmat qiladi.

“Endilikda soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiya böyiça qarzdorlik yöqligi, bino va inşootlarning tegişliligi haqidagi ma'lumotlarni fuqarolar tomonidan qoğoz körinişida yiğiş amaliyotiga çek qöyildi. Buning örniga esa uşbu ma'lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali aniq vaqt rejimida mustaqil olişi belgilandi. Şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi şaxsiy kabineti orqali notarius qabuliga oldindan yoziliş uçun yangi murojaat qiliş mexanizmidan foydalanişi mumkin. Bu esa notarial idoralarda uzoq navbatlarning hosil bölişini oldini oladi”, deya qayd etdi Adliya vazirligi vakili Doniyor Yoqubov matbuot anjumanida. 

Mazkur mexanizm yordamida fuqarolar amalga oşirmoqçi bölgan notarial harakatlar böyiça özlari uçun qulay vaqtni va notarial idorani tanlagan holda notarius qabuliga oldindan yoziliş imkoniga ega böladi.

Şu bilan birga, yil yakuniga qadar notarial harakatlar uçun undiriladigan davlat boji va boşqa tölovlarni elektron tizim orqali qabul qiliş mexanizmi joriy etiladi.

Anjuman davomida vazirlik va hududiy adliya organlari tomonidan notarial idoralar xodimlarining faoliyati davomida mehnat intizomi va kasb etikasi qoidalariga rioya etişi ahvoli, şuningdek ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilişini örganib boriş yuzasidan ötkaziladigan jamoatçilik nazorati tadbirlari töğrisida ham töxtalib ötildi.