Özbekiston va Armaniston boş vazirlari Toşkent va Yerevanni boğlovçi töğridan-töğri aviareysni oçiş masalasini muhokama qilişdi.  

Uşbu masala Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovning Armaniston boş vaziri Karen Karapetyan bilan Toşkentdagi muzokaralari davomida muhokama qilindi.  

Karapetyanning aytişiça, uning davlati Özbekiston bilan aloqalarni faollaştirişdan manfaatdor.

Ikki davlat boş vazirlari turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş imkoniyatini muhokama qilişgan. Şuningdek, diplomatik vakolatxonalar oçilişi masalalari körib çiqilgan.   

Aripov va Karapetyan ikki tomonlama miunosabatlarga yangi impuls berişga kelişib olişdi, bu esa ham siyosiy, ham iqtisodiy aloqalarni faollaştirişga olib keladi.