Texasning Sazerlend-Springs şaharçasida 26 kişining ölimi bilan yakunlangan fojiali hodisani AQŞ prezidenti muqaddas dargohdagi yovuzlik akti deb atadi.
«Yovuzona hujum. Bu vaqtda qurbonlar öz oila a'zolari bilan ibodat qilişayotgandi. Biz his qilayotgan ğam-anduhni ifodalaşga söz ojiz. Bu fojia oqibatida yaqinlarini yöqotgan kişilarning dardi esa bundan ham oğir. Yuraklarimiz parçalandi», — degan Donald Tramp Yaponiyadagi çiqişi vaqtida.
U Amerika xalqi bu qora kunlarni yengib ötişini qöşimça qilgan.
«Biz birlaşamiz. Bir-birimizning qöllarimizdan tutamiz. Bu yiğilar va ğamlardan keyin ham biz kuçli bölib qolişimiz kerak», — deya qayd etgan davlat rahbari.
Donald Tramp çerkovdagi otişmada halok bölganlar xotirasiga mamlakat bayroqlarini tuşirib qöyiş haqida farmoyiş berdi.
Oq uy va barça jamoat binolari, harbiy postlar va dengiz bazalaridagi bayroqlar 9 noyabr kuni quyoş botguniga qadar tuşirib qöyiladi.
5 noyabr kuni Amerikaning Texas ştati Sazerlend-Springs şahrida qurollangan erkak baptistlar çerkovi dindorlarini öqqa tutdi. Uşbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kişi halok bölib, yana 20 ga yaqin kişi yaralandi. Qotillik sodir etgan şaxs maşinasidan jonsiz holda topildi.
Çerkovdagi odamlarni öqqa tutgan şaxs AQŞ fuqarosi, 26 yoşli Devin Patrik Kelli bölib, u 2010 yildan 2014 yilga qadar AQŞ harbiy-havo kuçlarida xizmat qilgan.












