Indoneziya 6 noyabrda WhatsApp messenjeri uçinçi tomonlarning nomaqbul mazmundagi GIF-tasvirlarini öçirib taşlamasa, unda uni tösib qöyiş bilan tahdid qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

Indoneziya aloqa va axborot vazirligi agar talab bajarilmasa, messenjer 48 soat içida tösib qöyilişini ma'lum qildi. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, vazirlik WhatsApp’ga bu talab bildirilgan uçta maktub yöllagan. “WhatsApp bizga javob berdi, biroq bizga uçinçi tomonga murojaat qilişni aytdi. GIF-suratlar ularning dasturida paydo bölgan. Nima uçun biz uçinçi tomon bilan gaplaşişimiz kerak?”, deb aytilgan vazirlikda.

Vazirlik, şuningdek, tasvirlar taqdim qiluvçi Tenor xizmati ham tösilişini ma'lum qilgan.

Axborot agentligining ma'lum qilişiça, tasvirlarni öçiriş talabi ularga bolalarning közi tuşişi mumkinligi bilan boğlangan.