Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2018 yilning yanvarida respublikaning BMT Xavfsizlik Kengaşidagi raisligining boşlanişiga bağişlangan marosimda iştirok etadi. Bu haqida duşanba kuni Qozoğiston parlamenti Senati raisi Qosim-Jömart Tokayev BMT boş kotibining maxsus vakili Natalya German bilan uçraşuv davomida ma'lum qildi.
Senat matbuot xizmatida xabar berilişiça, Tokayev mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş Qozoğistonning BMT XKdagi faoliyatida ustuvor vazifa ekanini ta'kidlagan.
"2018 yilning yanvarida bölişi rejalaştirilayotgan yuqori darajali debatlar Afğonistondagi vaziyatni tartibga soliş yöllarini izlaşga bağişlanadi. Qozoğistonning BMT Xavfsizlik kengaşidagi raisligiga kirişiş marosimini davlat rahbari, prezident Nursulton Nazarboyev oçib beradi", - deyiladi matbuot xizmatining xabarida.
Tokayevning sözlariga köra, Ostona özini global xavfsizlikka ta'sir körsatuvçi uçraşuv va muzokaralar ötkaziluvçi avtoritar xalqaro maydon sifatida namoyon etgan, Suriyaga doir muzokaralar samaradorligi bunga yaqqol misoldir.
Idorada ta'kidlanişiça, German buning uçun Qozoğistonga minnatdorçilik bildirgan hamda Ostonaning mintaqaviy va global hamkorlikni mustahkamlaşga yönaltirilgan xalqaro taşabbuslarini yuqorini baholagan.
















