Samsung kompaniyasi marketologlari “Ulğayiş” deb nomlangan reklama roligida iPhone smartfonlari ixlosmandlarini “mazax qildi”. Rolikda nafaqat iPhone’ning ilk modeli iPhone 2Ğdan boşlab qolgan modellaridagi kamçiliklar, jumladan kiçik hajm, çang va namlikdan himoyaning yöqligi zarur vaqtda pand berişi “mazax qilingan”, balki “lightning” turidagi konnektorga ötilgani ham “eslab ötilgan”. Şuningdek, yaqinda sotuvga çiqarilgan iPhone X’dagi ba'zi dizaynerlik yeçimlariga ham tanqid közi bilan qaralgan.   

Rolik söngida ança yillardan beri iPhone’larning kamçiliklaridan “çarçagan” boş qahramon sevimli qurilmasini tortmaga qöyib, Samsung smartfonidan foydalanişga qaror qiladi.  

Janubiy Koreya kompaniyasi marketologlarining fikriça, Apple qurilmalaridagi ba'zi noqulayliklar kompaniya mijozlari bir qismining Galaxy Note 8 smartfonlaridan foydalanişga ötişga undaşi mumkin.