Şavkat Mirziyoyev: Şarof Raşidov umr böyi öz xalqiga yaxşilik qilib yaşadi
|03:00 / 07.11.201724 57912 min
Foto: ÖzAFoto: ÖzA
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Jizzax şahrida Şarof Raşidov haykalining oçilişiga bağişlangan tantanali marosimda nutq qildi. Nutq matni ÖzA tomonidan keltirildi.
Assalomu alaykum, aziz vatandoşlar!
Muhtaram mehmonlar!
Qadrli Jizzax ahli!
Bugun barçamiz jonajon Vatanimiz hayotidagi ulkan voqea munosabati bilan qadimiy va navqiron Jizzax şahrida töplanib turibmiz.
Şu kunlarda özbek xalqining buyuk farzandi, atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvçi va benazir inson Şarof Raşidov tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nişonlanmoqda.
Köp millatli xalqimiz bu uluğ insonning aziz nomini yod etib, uning ölmas xotirasiga çuqur hurmat va ehtirom bajo keltirmoqda.
Şarof Raşidov özining noyob aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va kamtarligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan nafaqat Özbekistonda, balki uzoq-yaqin ölkalarda ham katta obro‘-e'tibor qozongan edi.
Bu uluğ inson, sobiq mustabid tuzum davrida turli tazyiq va sinovlarga bardoş berib, xalqimiz va millatimizga sadoqat bilan, halol va fidokorona xizmat qildi.
Umrining sönggi daqiqalarida ham dalaga borib, zahmatkaş özbek dehqonlari orasida bölganini barçamiz yaxşi bilamiz.
Şarof Raşidov oddiy xalq orasidan çiqqan, haqiqiy yurtparvar rahbar edi.
U kişi bir umr özi kabi sodda va kamtarin odamlarga yelkadoş bölib, ularning dardu taşvişlari bilan yaşadi. Ularga xizmat qilişni öz hayotining ma'no-mazmuni deb bildi.
Har qanday murakkab şaroitda ham xalqimiz manfaatini öylab amalga oşirgan ana şunday savobli işlarini el-yurtimiz heç qaçon unutmaydi.
Ming afsuski, hayot bu insonga şunday murakkab qismatni ravo kördiki, u yuragidagi barça orzu-umidlarini röyobga çiqariş, öz mehnatining hosilidan töla bahramand böliş imkoniga ega bölmadi.
Mavzuga oid
Aksinça, mustabid tuzum öziga sadoqat bilan xizmat qilgan şunday uluğ insonni oxir-oqibatda turli tuhmat va malomatlarga duçor qildi.
Şarof Raşidov vafot etişi bilan uning xotirasini xörlab, qabrini köçirdilar, oila a'zolari, qarindoş-uruğlarini, döstlari va şogirdlarini quvğin qildilar. “Paxta işi”, “Özbek işi”, “Raşidovçilik” degan böhton gaplar bilan u kişining aziz nomini, butun xalqimizni yomonotliq qildilar.
Faqatgina mustaqillik davriga kelib, Birinçi Prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç Karimov tomonidan tarixiy adolat tiklandi – Şarof Raşidovning pok nomi oqlandi va 75 yillik tavallud sanasi yurtimizda keng nişonlandi.
Biz bugun yaqin tariximizda bölgan ana şunday ayançli voqealarni eslar ekanmiz, mustaqilligimizning qadr-qimmatini yanada teran anglab yetişimiz, uni har qanday yovuz kuçlardan himoya qilişga doimo tayyor turişimiz şart.
Şarof Raşidov respublika rahbari sifatida zimmasidagi ulkan vazifalarga qaramasdan, özi butun borliği bilan sevgan adabiyotga hamişa sodiq qoldi.
U özining betakror iste'dodi bilan ezgu qadriyatlarni tarannum etgan roman va qissalar, şe'r va dostonlar, publitsistik maqolalar yaratdi.
Rus tilini mukammal egallagan, bu tilda badiiy asarlar yoziş salohiyatiga ega bölgan bu ulkan adib aynan özbek tilida ijod qildi. Şu tariqa, öşa paytdagi murakkab ideologik tazyiqlarga qaramasdan, milliy adabiyotimiz, avvalambor, ona tilimiz rivojiga qöşgan katta hissasi har tomonlama ibratga munosibdir.
Şarof Raşidovning “Ikki dil dostoni” degan gözal asarini hammamiz sevib öqiganmiz. Mening nazarimda, çinakam sevgi va sadoqat dostoni bölmiş bu asarda Şarof aka va u kişining mehribon rafiqasi, oqila va munis özbek ayoli Xursanoy opaning ibratli hayoti va taqdiri mujassam bölgandek tuyuladi.
Haqiqatan ham, bu matonatli ayol umr böyi Şarof Raşidov bilan hamnafas bölib, hayotning barça sinovlariga bardoş berib, eng oğir damlarda ham umr yöldoşiga sodiq bölib yaşadi. Bunday bebaho fazilatlari bilan bu muştipar opamiz xalqimiz örtasida çinakam vafo va sadoqat timsoliga aylandi.
Şu örinda yana bir masalaga alohida töxtalib ötişni örinli, deb bilaman: Şarof aka va Xursanoy opaning bergan ta'lim va tarbiyasi, şaxsiy namunasi tufayli ularning oilasi, farzandlari öz ota-onalariga munosib bölib, el-yurtga fidoiyligi bilan bu qutluğ xonadon nomini doimo pok saqlab kelmoqda. Bunday xislatlar köp millatli xalqimiz, yurtimizdagi barça oilalar uçun har tomonlama örnak va ibratga loyiq bölgan ma'naviy hodisadir.
Qadrli vatandoşlar!
Hurmatli mehmonlar!
Bugun biz özbek xalqining buyuk farzandi Şarof Raşidoviç Raşidovning xotirasiga hurmat bajo keltirar ekanmiz, uning nomi va hayoti Vatanimiz, xalqimiz tarixi bilan çambarças boğliq ekaniga yana bir bor amin bölmoqdamiz.
Şarof Raşidovning murakkab, şu bilan birga, şarafli hayot yölida özbek xalqining XX asrdagi taqdiri özining yorqin ifodasini topdi.
Uluğ Vatan uruşi boşlanişi bilan u birinçilar qatorida frontga otlandi va duşman bilan kuraşda haqiqiy mardlik va qahramonlik körsatdi. Oğir yaralanganidan söng Özbekistonga qaytib, bor kuç va ğayratini ayamasdan, turli lavozimlarda işladi.
Şarof Raşidov öta maşaqqatli yillarda Özbekistonga qariyb çorak asr davomida rahbarlik qildi. Uning rahnamoligida respublikamiz iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fan, ta'lim va soğliqni saqlaş, madaniyat va san'at sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erişdi.
Minglab gektar qarovsiz yerlar özlaştirildi. Özbekiston xaritasida yangi şahar va qişloqlar paydo böldi, yuzlab zavod va fabrikalar qurildi, boğu roğlar barpo etildi. 1966 yildagi köplab vayronagarçiliklar keltirgan zilziladan söng qisqa muddatda zamonaviy Toşkentning mustahkam poydevori yaratildi.
Bugungi marosimda mamlakatimizning barça hududlaridan Şarof Raşidov bilan uzoq yillar davomida birga işlagan vakillar iştirok etayotgani bu tadbirga alohida ruh va ma'no-mazmun bağişlamoqda. Ularning orasida atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, madaniyat va san'at namoyandalari borligini ta'kidlaş lozim.
Biz, şuningdek, Şarof Raşidovni yaxşi tanigan va yaqindan bilgan muhtaram mehmonlarimizni samimiy qutlaşdan mamnunmiz.
Bular uçuvçi-kosmonavtlar – vatandoşimiz Vladimir Jonibekov va Solijon Şaripov, taniqli seleksioner olim Ivan Kuzmin, Şarof Raşidov haqidagi qator kitoblar muallifi, yozuvçi Farhod Razzoqov va boşqalardir.
Qadrli mehmonlar, Şarof Raşidovning xotirasiga bölgan hurmat va ehtiromingizni biz avvalo butun Özbekiston xalqiga bölgan hurmat va ehtirom ifodasi sifatida qabul qilamiz.
Barçangizga samimiy minnatdorlik bildirib, çin qalbimdan mustahkam soğlik, baxt va omad tilayman.
Muhtaram yurtdoşlar!
Bundan bir yil muqaddam xalqimizning xohiş-istaklarini inobatga olib, Şarof Raşidovning 100 yillik tavallud töyini butun mamlakatimiz miqyosida keng nişonlaş, u kişi tuğilib kamolga yetgan mana şu zaminda muhtaşam yodgorlik majmuasini barpo etişga qaror qilgan edik.
Şu asosda Jizzax tumaniga Şarof Raşidovning muborak nomi berilgani xalqimiz tomonidan katta xursandçilik bilan kutib olindi.
Ötgan qisqa vaqt davomida uşbu majmuada Jizzax ahli, butun respublikamizdan kelgan qöli gul ustalar, quruvçi va me'morlar, mutasaddi xodimlar sidqidildan mehnat qildilar. Natijada bu yodgorlik majmuasi tabarruk ziyoratgohga aylanganiga bugun barçamiz guvoh bölib turibmiz.
Fursatdan foydalanib, bu ezgu işga munosib hissa qöşgan barça-barça yurtdoşlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Şular qatorida Şarof Raşidovning xotirasini abadiylaştiriş, bu uluğ inson haqidagi tarixiy adolatni tiklaş maqsadida yangi ilmiy va badiiy asarlar, maqola va xotiralar yozgan, spektakl va filmlar, haykallar yaratgan ijodkor ziyolilarimizga ham çin qalbimdan taşakkur izhor etaman.
Işonçim komil, bu gözal maskanga qadam qöygan har bir odam, avvalambor, yoşlarimiz Şarof Raşidovning nurli siymosida mard va matonatli xalqimizga xos olijanob fazilatlarni körgandek böladi.
Bu uluğ insonning betakror timsoli barçamizni Vatanni haqiqiy farzandlik mehri bilan sevişga, unga va özbek xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga da'vat etib turadi.
Aziz döstlar!
Hammangiz yaxşi xabardorsiz, keyingi bir yil davomida yurtimizning turli hududlarida Ibrat domla, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf singari uluğ adiblarimiz xotirasiga bağişlab yodgorlik majmualari, ularning nomidagi ijod maktablari barpo etildi.
Ana şunday ezgu işlarimizning davomi sifatida kuni keça Jizzax şahrida milliy adabiyotimizning ulkan namoyandalari – Hamid Olimjon va Zulfiya xotirasiga qöyilgan muazzam haykal oçildi. Ularning nomi bilan atalgan xiyobon, ijod maktabi va muzey öz işini boşladi.
Bor-yöği öttiz beş yil yaşab, adabiyotimiz osmonida çaqmoqdek çaqnagan nodir iste'dod sohibi Hamid Olimjon va atoqli şoira Zulfiyaxonimning hayot va ijod yöli yoş avlodimiz uçun har jihatdan ibrat namunasidir.
Ana şu ijod maskani yoşlarimiz, eng avvalo, munis va lobar qizlarimizning iste'dod va qobiliyatini röyobga çiqariş, ularni Zulfiyaxonim kabi vafodor, dono va oqila, öz yurtiga sadoqatli insonlar etib tarbiyalaşda mustahkam zamin böladi.
Bu ma'naviyat koşonasining eşiklari nafaqat Jizzax viloyati, balki butun mamlakatimiz yoşlari uçun oçiqdir.
Bugungi marosimda iştirok etayotgan siz, azizlardan bitta iltimosim bor: farzandlarimizni, ayniqsa, qizlarimizni mana şunday gözal maskanlarga köproq olib kelsak, ularni adabiyot va san'atning sirli dunyosi bilan oşno etsak, öylaymanki, nur ustiga nur bölardi.
Men işonaman, uşbu taklifimni Jizzax ahli va butun xalqimiz albatta qöllab-quvvatlaydi.
Qadrli vatandoşlar!
Muqaddas kitoblarimizda, yaxşilikning mukofoti faqat yaxşilik ekaniga alohida urğu beriladi.
Şarof Raşidov umr böyi öz xalqiga, barça sof niyatli insonlarga yaxşilik qilib, ularni uluğ maqsadlar yölida birlaştirib, ezgu işlarga safarbar etib yaşadi.
Bu olijanob, donişmand va bağrikeng inson, qanday suronli sinovlarga duç kelgan bölmasin, yuksak gumanistik ğoyalarga doimo sodiq bölib, xalqimiz qalbida yaxşi nom, sönmas xotira qoldirdi.
Bugun Şarof Raşidovning yorqin xotirasiga körsatilayotgan çeksiz ehtirom, hurmat va izzat bu fikrimni yana bir bor yaqqol tasdiqlab turibdi.
Muhtaram döstlar, qadrdonlar!
Buyuk arbob, uluğ inson özbek xalqining atoqli farzandi Şarof Raşidovning oxiratlari obod bölsin!
Aziz farzandlarining xotirasini ardoqlab, ruhlarini şod etib yaşayotgan xalqimiz doimo omon bölsin!