YuNISEF bolalar va ösmirlar ustidan zöravonlikning global kölami haqidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan yangi hisobotni taqdim etdi. Bu holat köproq maktab yoki oilada uçraydi, ya'ni ular uçun eng xavfsiz bölişi kerak bölgan muhitda. TASS xabariga köra, ekspertlar hisob-kitoblariga qaraganda, butun dunyo böylab har yetti daqiqada zöravonlik natijasida bir ösmir halok böladi.

«Taniş yuz: bolalar va ösmirlar hayotidagi zöravonlik» tadqiqoti taşkilot veb-saytida joylaştirilgan.

Ekspertlarning aniqlaşiça, har yili ikki-tört yoşdagi taxminan 300 mln. bolalar qonun böyiça ular uçun mas'ul bölgan şaxslar tomonidan ruhiy hamda jismoniy tajovuzkorlikka duçor böladi. Sönggi bir yil içida 15-19 yoşdagi taxminan 9 mln. qiz jinsiy xarakterdagi zöravonlik harakatlari qurboniga aylangan (şu bilan birga, 10 nafardan töqqizi zöravon bilan taniş bölgan). Biroq, mualliflarning ta'kidlaşiça, haqiqiy raqam ança köp, sababi jabrlanganlarning faqat 1 foizigina professional yordam sörab murojaat qiladi.

Maktab yoşidagi bolalarning taxminan yarmi tan jazosi qonun bilan taqiqlanmagan davlatlarda yaşaydi. Ular taqiqlangan mamlakatlar soni esa atigi 60 ta. 

Voyaga yetmagan şaxslarning ölimi böyiça holatlarga kriminal hamda qurolli mojarolar ham ta'sir körsatmoqda: bolalar va ösmirlarni qurolli guruhlarda iştirok etişga majbur qilişadi yoki ularning özi jangovar harakatlarning tasodifiy qurboniga aylanadi. YUNISEF ösmirlar uçun eng xavfli bölgan davlatlar röyxatini ham tuzgan. Ular orasida Suriya, Iroq, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya, Honduras, Salvador, Afğoniston va Janubiy Sudan bor.