Angren şahrida joriy yilning 16 oktabr kuniga ötar keçasi noma'lum şaxs Ohangaron tumanida yaşovçi 1973 yilda tuğilgan B.E. boşqaruvidagi işonç qoğozi bilan Parkent tumanida yaşovçi B.Ş.ga tegişli qizil rangli, «VAZ-21013» rusumli davlat belgisi 10 R 037 YeA avtoulovni Angren şahar 5/3-dahasi, 24-uyning oldidan noma'lum tomonga olib qoçib yaşiringan. Bu haqda Toşkent viloyati IIB xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida «VAZ-21013» avtoulovi Angren şahar Dukent qörğoni toğli hududida joylaşgan “Appartak kömir koni” janubiy qismidan soz holda topildi va uşbu jinoyatni Angren şahrida yaşovçi 1992 yilda tuğilgan A.S. sodir etganligi aniqlanib, uşlandi. Tergovni IIB olib bormoqda.











