«Bitkoinni xarid qiliş» qidiruv sörovi Google Trends’da «oltin sotib oliş» indeksini ortda qoldirdi. «Bitkoin sotib oliş» sörovining qidiruv indeksi kriptovalyutaga oid yangiliklar fonida 100 ballga yetdi, «oltin sotib oliş» indeksi esa 74 ballik körsatkiçda töxtab qolgan.

Bitkoinni sotib oliş haqida eng köp Nigeriya (100 ball), Gana (93) va Avstraliyada (52) qiziqişmoqda, şu bilan birga, avstraliyaliklar orasida klassik metall yana ham maşhuroq - 100 ball. Singapur (68) va Birlaşgan Arab Amirliklarida (53 oçko) esa oltin bilan kamroq qiziqişadi.

Bloomberg agentligining qayd etişiça, oltinga qiziqişning pasayişi qimmatbaho metallar kotirovkalari şönğişi bilan boğliq. U AQŞ aksiya bozorida rekord ösiş sur'ati fonida kamaymoqda. «Rekordlarni töxtovsiz urayotgan AQŞ bozori fonida oltinning öz pozitsiyalarini yöqotişi hayratlanarli emas», - deya ma'lum qilgan agentlikka qimmatbaho metallar bilan savdo qilişning eng yirik maydonçalaridan biri – BullionVault’dagi tadqiqotlar departamenti direktori Edrian Eş.

Uning ta'kidlaşiça, bitkoinning misli körilmagan ösişi kriptovalyutalar uçun eng yaxşi reklama böldi va ayrim investorlarni elektron aktivlarga e'tibor qaratişga majbur qildi.

Seşanba, 7 noyabr kuni keçqurun bir bitkoin uçun 7089 dollar berişgan bölsa, oltin untsiyasiga 1274 dollar taklif qilişdi.