Yevropa Ittifoqining yarmidan köproq davlati yaqin kunlarda Yevropa mudofaa pakti – Yevropada muntazam tizimlaşgan hamkorlik haqidagi kelişuvni (PESCO) imzolamoqçi ekanliklarini ma'lum qiladilar. Bu haqda Financial Times naşri xabar bermoqda. Uşbu loyihaga Fransiya va Germaniya qurolli kuçlarni samaraliroq safarbar etiş uçun taşabbus bildirgan, biroq u NATO doirasidagi majburiyatlardan voz keçişni nazarda tutmaydi.

Ta'kidlanişiça, PESCO’ga kirmoqçi bölgan davlatlarning bu rejasi 13 noyabrda Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlarining uçraşuvida rasman e'lon qilinadi.

PESCO tarafdorlarining aytişiça, u NATOning muqobilidan köra, uni töldiruvçi taşkilot böladi, çunki aynan NATO Yevropaning xavfsizligi uçun javob beruvçi asosiy taşkilot bölişda davom etadi. PESCO’ga qarşi çiquvçilar esa yangi paktning istiqbollari borasida Parij va Berlin örtasida oçiq tavofutlar borligiga işora qilişmoqda. Carnegie Europe’ning rahbari Tomaş Valaşekning aytişiça, hozirgi PESCO barçasining boşlanişiga sabab bölgan Parij ğoyasidan ança yiroq. “Fransiya öz qurolli kuçlari atrofida birlaşadigan kiçik, biroq yuqori samarador guruhni istagan. Bu guruhdan maqsad Yevropa Ittifoqi ruxsati bilan xorijda birgalikdagi operatsiyalarni amalga oşiriş bölgan. Germaniya bosimi ostida esa PESCO kengayib ketdi”, deb aytgan Valaşek.

Şu bilan birga Valaşekning ta'kidlaşiça, uşbu holatda ham taşkilot, hamkorlik birgalikda qurol işlab çiqarişga taalluqli bölsa ham, Yevropa Ittifoqi uçun juda muhim böladi.