Özbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 1 noyabr kuni «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartirişlar kiritiş, şuningdek ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (işlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida,, 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3166-sonli qaroriga muvofiq:

1.  Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar va materiallar işlab çiqarişni mahalliylaştirişni çuqurlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga 1-ilovaga muvofiq özgartirişlar kiritildi.

2.  Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari J.Qöçqorov va Özbekiston Respublikasi investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi A.Ahmadxöjayev zimmasiga yuklandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar va materiallar işlab çiqarişni mahalliylaştirişni çuqurlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2009 yil 1 dekabrdagi PQ-1236-sonli qaroriga kiritiladigan özgartirişlar: 

a) 1-bandining ikkinçi xatboşidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va şartnomalarni» sözlari çiqarib taşlandi;
b) 3-bandi öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi;
v) 1-ilovaning:
2-bandi uçinçi xatboşidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida tuzilgan kontraktlar va şartnomalarni» sözlari çiqarib taşlandi;
«a»-kiçik bandining uçinçi xatboşi, 7-bandning «b»-kiçik bandi törtinçi, beşinçi va sakkizinçi xatboşilari çiqarib taşlandi;
18-bandidagi «Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan şartnomalar (eksport-import kontraktlari)» sözlari çiqarib taşlandi;
19-bandidagi «hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tuzilgan şartnomalarni bajariş» sözlari çiqarib taşlandi.