Ötgan kunlar davomida Saudiya Arabistonida antiqa va kutilmagan (ayrim taxminlar bilan kutilgan) hodisalar yuz berdi. Hollivud kinolarida bölgani kabi qirollik oilasining 11 nafar şahzodasi hamda 4 nafar vazir hibsga olindi. Voqealar ketma-ketligi şu bilan tugamadi: vertolyot qulaşi oqibatida yana bir şahzoda halok böldi. Bu nimadan darak bermoqda?
Barçasi 4 noyabr kuni boşlandi. Mamlakatni boşqarib turgan 81 yoşli qirol Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud ayni öşa kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasini taşkil etiş töğrisidagi qarorni imzoladi. Qömita iş boşlagandan söng, qirollik oilasining 11 nafar a'zosi, amaldagi törtta vazirlik rahbarlari, 34 nafar sobiq vazir hibsga olingani haqida xabar tarqaldi.
Ayni yangi taşkil etilgan qömitaga qirolning öğli, 32 yoşli valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon boşçilik qilmoqda. 2015 yilda mamlakat Mudofaa vazirligini boşqargan yoş şahzoda joriy yilning iyun oyida otasining qarori bilan valiahd etib tayinlandi. Şuningdek, Saudiya Arabistonida bir neça ön yillardan beri mavjud an'ana bekor qilindi, ya'ni qirollik taxti akadan ukaga ötmasligi ayon böldi. Albatta, Salmon ibn Abdulazizning uşbu qarori köpçilikni xursand qilmadi, ayniqsa uning ukasi, navbat böyiça taxtning keyingi da'vogari Muhammad ibn Naifni.
Yangi valiahd otasining işonçini oqlaşga kirişdi, u endi qömitaga rahbarlik qilarkan, siyosiy raqiblarni bir çetga suriş harakatlarini boşlab yubordi. Hibsga olinganlar qatorida dunyoning eng boy şaxslaridan biri, qirolning jiyani Ol Volid Talal ham bor. 62 yoşli milliarderning boyligi 19 milliard dollar atrofida ekani aytiladi. Şuningdek, Milliy gvardiya vaziri Mitab ibn Abdulla ham qölga olingan. U ayni paytgaça mamlakat harbiy sohasida katta nufuzga ega, «eski» guruh vakillaridan biri edi.
Valiahd Muhammad ibn Salmon islohotlarga qöl urişini ham e'lon qildi. Şu davr orasida şahzoda «mamlakatni mö'tadil Islomga qaytarişi» ma'lum böldi. Bu bilan taxt vorisi öta mutaassib davlat mulozimlarini saroydan çetlatişga ahd qilganini aytdi. Saudiya ayollariga avtomobil boşqariş va sport maydoniga borişga ruxsat berilgani hisobga olinsa, şahzoda şu ma'nodagi özgarişlarni nazarda tutgan bölişi mumkin.
Ötkazilgan tezkor amaliyotlar ortidan şahzoda bir öq bilan ikki quyonni urdi, deyiş mumkin. Birinçidan, kelgusida mamlakat boşqaruvida xalaqit qilişi mumkin bölgan siyosiy raqiblardan xalos bölgani, ikkinçidan, xalqning «arzon» muhabbati va işonçiga ega böldi. Şunga qaramay, saroy vakillarining qonunda oldida teng qilib körsatiş, poraxörlikka qarşi ommaviy kuraş mamlakatga iliq islohotlar havosi kirib kelayotganini anglatişi tabiiy.


















