Zangiota tumanida, joriy yilning 22 oktabr kuni 1983 yilda tuğilgan Rafael Golubev (keltirilgan ism-familiyalar özgartirilgan) uyida tanişi, 1981 yilda tuğilgan Nikolay Petrov bilan özaro kelişmovçilik tufayli janjallaşib qolib, janjal vaqtida Nikolay Petrovni qorin sohasiga piçoq bilan urib tan jarohati yetkazgan. 

Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar tarqatdi.

Uşbu holat yuzasidan Rafael Golubevga nisbatan Özbekiston Respublikasi  Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Tergovni IIB olib bormoqda.