Rasmiy statistika ma'lumotlariga köra, dunyoda röy beradigan har beşta avtohalokatning bittasi mudroqdan qiynalayotgan yoki rulda uxlab qolgan haydovçi aybi bilan sodir böladi. Ayni şu narsaga barham beriş maqsadida juda köplab turli xil uskunalar işlab çiqilgan. Ammo yaqinda Amerikaning Ford avtokonserni mutaxassislari GTB firmasi muhandislari bilan hamkorlikda, aytiş mumkinki, bu boradagi eng yuqori texnologiyali mahsulotni taqdim etişdi. Aqlli kepka haydovçiga rulni boşqarayotganda uxlaşga yöl qöymaydi.
Birinçi navbatda uşbu boş kiyimi taksiçilar va uzoqqa qatnovçi haydovçilarga möljallangan. Ya'ni köp vaqtini rulda ötkazadiganlar uçun işlab çiqilgan. Ammo elektron boş kiyim oddiy haydovçilarga ham foyda berişi mumkin.
Kepka giroskoplar va bir neçta boşqa qurilmalar bilan jihozlangan bölib, u boş holatini va harakatini qayd etib boradi. Bundan taşqari, qurilmani boşqariş uçun smartfon uçun maxsus ilova ham bor.
Yuqori texnologiyali kepka barça uskunalar körsatkiçlarini tahlil qilib boradi. Agar boş holati tösatdan özgarsa yoki orqaga ketişi qayd etilsa, kepka kuçli tebranişni boşlaydi, haydovçi köziga yoruğliq diodlarini yoqib-öçiradi hamda tovuş çiqaradi. Bu haydovçining uyğonişiga turtki beradi. Bu nafaqat haydovçini uxlatmaydi, balki tetiklik taqdim etadi.
Ayni vaqtda işlab çiqaruvçilar uning aniq qiymatini aytişgani yöq. Ford vakillari Ford yuk maşinasining 60 yilligi munosabati bilan Braziliyada ötkaziladigan tantanalarda kepka narxini e'lon qilişga va'da berişmoqda.












