Dunyodagi eng yirik professional xizmatlar körsatuvçi tarmoqlardan biri hisoblangan KPMG kompaniyasi tez kunlarda Özbekistondagi faoliyatini boşlaydi. Bu haqida KUN.UZ muxbiri kompaniya vakili Aleksey Nazarovning xalqaro davra suhbatidagi sözlariga asoslanib, xabar berdi.
Nazarov Özbekistonda investitsion muhitni yaxşilaş uçun amalga oşirilişi kerak bölgan islohotlarga doir qator fikrlarini bayon etdi. Jumladan, keraksiz nazoratni qisqartiriş, qonunçilikka özgartirişlar kiritiş, foydalaniş huquqini nazorat qiliş, investitsiya infratuzilmasini özgartiriş, joylarda tadbirkorlikni qöllaş, eksportni qöllab-quvvatlaş, moliyaviy çoralar, Eksim-bank faoliyatini yölga qöyiş, sertifikatlaş va ta'lim kabilarga e'tibor qaratdi.
Ta'kidlaş joizki, KPMG — professional xizmatlarni taqdim etuvçi dunyoning eng yirik tarmoqlaridan biri, şuningdek Deloitte, Ernst & Young va PwC bilan bir qatorda Katta törtlikning auditor kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Tuzilmaning xalqaro ştab-kvartirasi Amstelvenda (Niderlandiya) joylaşgan.
Kompaniya auditorlik, soliq va konsultatsion xizmatlar körsatadi. Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozoğiston, Qirğiziston, Ukraina kabi mamlakatlarda KPMĞning bölimlari faoliyat yuritadi.
Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev jahon tan olgan KPMG kompaniyasi bilan tizimli hamkorlikni yölga qöyişga umid bildirdi.












