2017 yil 7 noyabrda Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi, Davlat bojxona qömitasi va Markaziy banki Boşqaruvining “Yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oşirilişining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib boriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartiriş kiritiş haqida”gi qarori davlat röyxatidan ötkazildi, deb yozadi adliya vazirligi axborot xizmati.
2015 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining (IHTT) soliq soliş maqsadida şaffoflik va axborot almaşiş böyiça dunyo forumi Lyuksemburgni mazkur taşkilotning “talablariga yetarli darajada muvofiq keladigan davlat” sifatida tan olgan.
Şunga köra, mazkur özgartiriş bilan Lyuksemburg imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oşirilganda oşkor etiş va axborot beriş nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offşor hududlar) röyxatidan çiqarib taşlandi.
Bundan buyon tijorat banklari tomonidan mijozlarning Lyuksemburgda röyxatdan ötgan, şuningdek norezidentlarning uşbu davlatda joylaşgan banklardagi hisobvaraqlariga şartnoma böyiça tovarlar (işlar, xizmatlar) importi yuzasidan tölov amalga oşirilişi ustidan monitoring olib borilmaydi, deb xabar beradi adliya vazirligi axborot xizmati.












