Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar aholining ehtiyojmand qatlami ijtimoiy muhofazaga olingan holda amalga oşirilmoqda.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq özini özi boşqariş organlarida taşkil etilgan nafaqa tayinlaş komissiyalari ariza bilan murojaat qilgan fuqarolarning yaşaş şaroitlari, daromadlarini örganib, xulosalarini berişyapti. Şu tariqa haqiqatda muhtoj xonadonlarga, şuningdek ikki yoşgaça farzandi ta'minoti uçun oilalarga nafaqalar, moddiy yordam pullari tayinlanib, tölab borilyapti. Biroq, ayrim vijdonsiz kimsalar ehtiyojmandlarga nafaqa tayinlaşdan ham “foydalanib” qolmoqçi bölgan holatlar uçrayapti.
“Huquq” gazetasining yozişiça, Odinaxon Saidjonova (ism-familiyalar özgartirilgan) ikki yoşgaça farzandiga nafaqa tayinlanişi uçun kerakli hujjatlarni “Namuna” qişloq fuqarolar yiğini kotibasiga topşiradi. Kotiba M.Alixöjayeva hujjatlarni qabul qilib, telefon raqamlarini yozib oladi. Oradan bir neça kun ötgaç, uyali telefoniga qönğiroq qilib, uyiga taklif qiladi. Uyiga borib uçragan O.Saidjonovaga “singlim, özingiz bilasiz, rahbarlarimizning çöntagiga “rahmat”ni solib bölmaydi, agar 300 ming söm keltirib bersangiz, nafaqa aniq tayinlanadi”, deb unga öz manfaatlarini tuşuntiradi. Uning şartiga köngan ayol bu pulni qayerdan topişini öylay-öylay, qonuniy yöldan borişga ahd qildi. U SVOJJDLQK departamentining Quva tuman bölimiga murojaat qildi. O.Saidjonovaning arizasi böyiça ötkazilgan tadbirda qişloq fuqarolar yiğinining binosi yonida ayolni aldab, pora berişga undagan kotibi 300 ming sömni olgan paytida uşlandi.
Qirq olti yoşga kirgan M.Alixöjayeva ikki yoşgaça farzandiga nafaqa tayinlaş uçun murojaat qilgan ayolni aldab, pora berişga dalolat qilganiga töliq iqror böldi. Sud QFYning sobiq kotibasiga qilmişiga muvofiq jazo tayinladi.











