«Real» himoyaçisi va jamoa sardorlaridan biri Serxio Ramos «Barselona»ning sobiq futbolçisi, ayni vaqtda «PSJ» safida töp surayotgan Neymar bilan bir jamoada töp surişga qarşi emas. Ayni kunlarda OAVda «Real» uşbu braziliyalik futbolçini sotib olmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan.

«Menga eng yaxşilar bilan birga töp suriş yoqadi, Neymar ham dunyoning eng kuçli futbolçilaridan biridir. U «Real»ga «Barselona»dan emas, «PSJ»dan kelgani ma'qul. Futbol şunaqa, har narsa bölişi mumkin. Albatta, Neymar «Real»ga kelişi biz uçun foydali bölgan bölardi. Men Neymar bilan yaxşi munosabatlarga egaman va men uning kelişini yoqlagan bölardim», — degan Serxio Cadena Ser efirida.

Ramos Neymar «Barselona»daligida singlisining tuğilgan kuniga boriş uçun ataylab diskvalifikatsiya olgani va Ispaniya çempionati öyinlarini ötkazib yuborganini eslab hazillaşdi.

«U kelişidan oldin uning singlisi tuğilgan kuni mavzusini muhokama qilib olamiz», — degan «Real» futbolçisi yuzida tabassum bilan.