Federal qidiruv byurosining yuzdan ortiq agentlari Texasdagi 26 kişi ölimiga sabab bölgan qotillikni tekşirişga jalb etilgan. Bu haqda AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, bu iş böyiça FQBning "yuzdan ortiq" agentlari iş olib bormoqda. Pen Texasda ommaviy qotillik yuz bergan çerkovga taşrif buyurdi.

"Men vitse-prezident sifatida işni tekşiriş jarayonida barça resurslardan foydalanilişini ta'minlaş uçun bu yerda bölib turibman", degan Pens.

U qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

5 noyabr kuni Amerikaning Texas ştati Sazerlend-Springs şahrida qurollangan erkak baptistlar çerkovi dindorlarini öqqa tutdi. Uşbu ommaviy qotillik oqibatida 26 kişi halok bölib, yana 20 ga yaqin kişi yaralandi. Qotillik sodir etgan şaxs maşinasidan jonsiz holda topildi.

Çerkovdagi odamlarni öqqa tutgan şaxs AQŞ fuqarosi, 26 yoşli Devin Patrik Kelli bölib, u 2010 yildan 2014 yilga qadar AQŞ harbiy-havo kuçlarida xizmat qilgan.