Turkiyaning muxolif Xalq-respublika partiyasi raisi örinbosari Bulent Tezjan mamlakat boş vaziri Binali Yildirimni öğillari Jurnalistik tergovlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ)ning ofşor kompaniyalar faoliyati haqidagi hujjatlarida tilga olingani sababli iste'foga ketişga çaqirdi.

ICIJ bir qator xalqaro OAV bilan 5 noyabrda dunyodagi ofşor kompaniyalarning faoliyati haqida maqolalar çop etdi. Ularda 120 nafar siyosatçi, jumladan Kanada boş vaziri, AQŞ prezidenti ma'muriyati, qiroliça Yelizaveta II saroyi vakillari va Apple hamda Uber  kompaniyalari tilga olingan.

Jumladan, hujjatlarda Yildirimning ofşor xoldinglar bilan aloqasi bölgan öğillari haqida ham ma'lumotlar bor. ICIJ hujjatlariga köra, Erkan va Bulent Yildirim Maltada röyxatga olingan ikkita kemasozlik kompaniyasining yagona aksionerlari hisoblanar ekanlar.

“Qora röyxatda boş vazirning öğillari Maltada kompaniyalarga egaliklari aniqlandi. 2003 yildan Adolat va taraqqiyot partiyasi hokimiyati vaqtida tölov balansi defitsiti 17 mlrd dollardan 527,8 mlrd dollargaça oşgan. Bu esa partiya hokimiyati vaqtida Turkiyada pullarga jiddiy ehtiyoj mavjudligini körsatadi. Bu holatda şunday muammolarga ega bölgan boş vazir qiladigan yagona iş – iste'foga ketişdir”, deb aytgan muxolifat vakili Tezjan jurnalistlarga.

Öz navbatida Yildirim öğillari nomiga bildirilgan barça ayblovlarni rad etgan va ularning biznesida heç qanday maxfiy narsa yöqligini aytgan.

“Men butun umrim kemasozlik sohasida işlaganman va siyosat bilan şuğullana boşlaganimdan keyin öz biznesimni farzandlarimga topşirganman. Ta'kidlanişiça, ular soliq tölovlaridan böyin tovlayotgan emişlar, vaholanki farzandlarim kompaniyalari Turkiyada eng köp soliq tölovçi kompaniyalar orasida bor. Bunday ayblovlar öğillarimni sindiriş uçun birinçi marta qöyilayotgani yöq. Menda daxlsizlik bor, biroq farzandlarimda u yöq va agar tekşiruv ötkaziş kerak bölsa – xoh, moliyaviy, xoh yuridik bölsin, uni bemalol ötkazaverişsin. Bunday balandparvoz ayblovlarga esa yöl qöyib bölmaydi”, deb aytgan Yildirim jurnalistlarga.