Jizzax Politexnika instituti faollari zalida Urgut tumanida istiqomat qiluvçi hozirgi kunda Jizzax şahridagi Jizzax pedagogika hamda Jizzax Politexnika institutida  ta'lim olayotgan talaba yoşlar bilan «Hokim va yoşlar» mavzusida uçraşuvi bölib ötdi.

Unda Urgut tuman hokimi örinbosari I.Jabborov, Özbekiston yoşlar ittifoqi Urgut tuman Kengaşi, Jizzax viloyat va şahar Kengaşlari, oliy ta'lim muassasalarining mas'ul xodimlari, Jizzax viloyati va Urgut tumani IIB xodimlari iştirok etişdi.

Uçraşuv davomida bugungi kunda Urgut tumani umumta'lim maktablarida 261 nafar pedagog kadrlarga bölgan ehtiyoj haqida gapirib ötildi. Şu bilan bir qatorda 2017 yil 12 yanvarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4931 sonli va Vazirlar Mahkamasining 196-sonli Qarori  bilan Samarqand viloyatining Urgut, Pastdarğom va Nurobod tumanlarida 816 gektar yer maydoniga ega bölgan «Urgut» erkin iqtisodiy zonasini taşkil etilganligi, erkin iqtisodiy zonada 47 ta tadbirkorlik sub'yekti taşkil etilib, 3099 ta iş örni yaratilganligi alohida ta'kidlandi.

Uçraşuv davomida yoşlarning qiziqtirgan savollariga javob qaytarildi.