Ijyevskdagi uy qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortdi
Ijyevskda ko‘p qavatli uyning bir qismi qulashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, yana uch inson jabrlangan, deb xabar bermoqda RIA Novosti tezkor shtab vakiliga asosan.
Udmurtiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat qurbonlari orasida 2009 yilda tug‘ilgan bola ham bor; to‘qqiz qavatli uyning qulashi tufayli jabrlangan yana bir qizcha shifoxonada qolmoqda, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Rossiya FVV rahbari Vladimir Puchkov Ijyevskka, avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun jo‘nab ketdi, deb xabar berishgan idoradan. Kutilishicha, u yetib kelishi bilan voqea joyiga boradi.
Ijyevskda aholi turar-joy uyining bir qismi payshanba kuni qulab tushdi, sakkizta kvartira butunlay vayronaga aylandi. Taxminlarga ko‘ra, hodisaga maishiy gazning portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Uyda yashovchilar evakuatsiya qilindi. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalash bilan shug‘ullanmoqda, u yerda odamlar bo‘lishi mumkin.
Tergovchilar jinoiy ish qo‘zg‘atishdi. Shaharda favqulodda vaziyat rejimi joriy etilgan.
Mavzuga oid
13:44 / 13.01.2024
Rossiyada Ijyevskdagi otishma ishi bo‘yicha birinchi hukm chiqarildi
08:03 / 27.09.2022
Ijyevskdagi maktabda halok bo‘lganlar soni 17 nafarga yetdi
15:31 / 26.09.2022
Ijevskdagi maktabda otishma: qurbonlar soni 10 dan ortiq
21:47 / 11.11.2017