Qirğizistonda benzin markasiga qarab uning narxi 1-1,5 somga qimmatlaşdi.
Ta'kidlanişiça, Çuy viloyati va Bişkekda Ai-95 markasidagi benzinning bir litri 41-41,5 somdan, Ai-92 – 39-40 som, Ai-80 – 34-35 som va dizel yoqilğisi 36-37,2 somdan sotilmoqda.
Avvalroq Qirğizistonning monopoliyaga qarşi organi yoqilği narxlarining oşişini unga Rossiyada talab oşgani bilan boğlagandi.
9 noyabrda Qirğiziston Jogorku Keneşi yiğilişida deputat Işoq Pirmatov Qirğiziston yoqilği-moy mahsulotlarini olib kirmasligi va mamlakatda ularning zaxirasi bor-yöği ikki haftaga yetişini aytgan. Biroq Qirğizistonning sanoat, energetika va yer qa'ridan foydalaniş davlat qömitasida mavjud zaxiralar bir neça oyga yetişi ta'kidlangan.












