Rossiya va Qozoğiston payşanba kuni XIV Mintaqalararo hamkorlik forumi maydonida 10 ta hukumatlararo bitimni imzolaşni rejalaştirmoqda. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev RF prezidenti Vladimir Putin bilan keçgan uçraşuvda şu haqida ma'lum qildi.
"Mintaqalararo hamkorlik - bu mamlakatlarimiz iqtisodiy hamkorligining asosi", - dedi Nazarboyev. Uning sözlariga köra, Rossiya va Qozoğiston örtasidagi tovar aylanmasi sönggi töqqiz oyda 31 foizga oşgan. "Ma'lumki, vazirliklarimiz 30 ta hukumatlararo bitim ustida işlaşgan, ulardan 10 tasini imzolaymiz", - deydi u.
Putin Nazarboyevni Rossiyaning sanoat markazlaridan biri hisoblangan Çelyabinskda körganidan xursand ekanini ta'kidladi. Qozoğiston prezidenti bu şahar uning yoşligidagi xotiralari bilan boğliqligini ta'kidladi.
"Öz vaqtida bu yerdagi barça yirik korxonalarda bölganman. Magnitogorsk metallurg kombinati öşa paytlar 20 million tonna pölat işlab çiqarardi; dunyodagi heç bir zavod bunça pölat işlab çiqarmasdi. Biz şu yerda öqiganmiz, şu yerda mutaxassis bölganmiz", - dedi u.












