Davlatimiz rahbari 9 noyabrda Samarqand şahridagi sobiq liftsozlik zavodi hududida taşkil etilgan sanoat majmuasida bölib, viloyatda amalga oşirilayotgan yengil sanoat loyihalari bilan tanişdi. 

Şavkat Mirziyoyev viloyatdagi korxonalarida işlab çiqarilgan yengil sanoat mahsulotlari namunalarini közdan keçirdi. 

Prezidentimizning şu yil 14-15 aprel kunlari viloyatga taşrifi çoğida berilgan topşiriqlar asosida 2017-2018 yillarda amalga oşirilişi möljallangan 19 loyiha böyiça izçil işlar olib borilmoqda. 

“Sam Rafoat tekstil”, “8 mart”, “Iman teks”, “Samarqand Yevro Aziya tekstil”, “Amin invest interneyşnl”, “Maroqand sifat” kabi korxonalarda tayyorlanayotgan tikuv-trikotaj mahsulotlari, böyalgan trikotaj mato, kiyim-keçaklar içki bozordan taşqari eksportga ham yönaltirilmoqda. Bu korxonalar salohiyatini oşiriş qöşimça iş örinlari yaratiş imkonini bermoqda. 

Ayni paytda Pastdarğom, Samarqand, Bulunğur, Oqdaryo tumanlaridagi qator korxonalarda yangi loyihalar ustida işlar olib borilmoqda. Natijada jinsi mato, jinsidan tayyor kiyim-keçak, yangi turdagi vilvet, mebel gazlamalari, aralaş va sintetik matolar işlab çiqariş hajmi kengayadi. 

Prezidentimiz sohada yaratiladigan har bir işçi örni muhim ekani, bu korxonalar istiqbolini belgilaş va aholini doimiy iş bilan ta'minlaşda alohida ahamiyat kasb etişini ta'kidlab ötdilar. 

Şu yerda terini qayta işlaş, çarm-poyabzal işlab çiqariş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ham ma'lumot berildi. 

Davlatimiz rahbari “Ideal Yelektroluks” Özbekiston-Turkiya qöşma korxonasida işlab çiqarilayotgan maişiy texnika jihozlari, “Sino” aksiyadorlik jamiyatida tayyorlanayotgan muzlatkiç va sovutkiçlarni közdan keçirib, mahsulotlarni taşqi bozorga yönaltiriş, eksport imkoniyatlarini oşiriş yuzasidan topşiriqlar berdi.