Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 noyabr kuni Samarqandga keldi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlatimiz rahbari Hazrati Xizr majmuasida bölib, Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi. 

Şavkat Mirziyoyev mazkur majmuada olib borilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlarini közdan keçirdi. 

Prezidentimizning şu yil 25 yanvardagi «Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan izçil işlar amalga oşirilmoqda. 2017 yil 31 avgust kuni poytaxtimizda, 2 sentabr kuni Samarqand şahrida mustaqil davlatimiz asosçisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning uluğvor haykallari oçildi. 

Ayni paytda Islom Karimov dafn etilgan yodgorlik majmuasi hududida sönggi pardozlaş işlari amalga oşirilmoqda. 

Prezidentimiz 2017 yil 27 avgust kuni Samarqand viloyatiga taşrifi çoğida maqbara qurilişini yakuniga yetkaziş, ziyoratçilar uçun şaroitlarni yanada yaxşilaş, hududni obodonlaştiriş böyiça körsatmalar bergan edi. Ötgan vaqt mobaynida bu yerda keng qamrovli işlar bajarildi. Natijada majmua yaxlit me'moriy ansamblga aylandi. Maqbara atrofida Hazrati Xizr masjidi bilan uyğun holda milliy uslubda ayvonlar barpo etildi. Ziyoratga çiqiş va tuşiş yölaklari çeti marmar panjara bilan öraldi, qariyalar uçun zamonaviy liftlar örnatildi. 

Ziyoratga keluvçilarga yilning tört faslida ham qulay bölişi uçun zarur şaroitlar yaratildi. Atrofdagi yölaklar ta'mirlanib, avtomobillar töxtaş joyi barpo etildi. Qabriston devori rekonstruksiya qilinib, hududi yanada obodonlaştirilmoqda. 

Davlatimiz rahbari ziyoratgohga keluvçilar uçun katta qulayliklar yaratilganini ta'kidlab, bu yerdagi şaroitlarni yanada yaxşilaş böyiça mutasaddilarga tavsiyalar berdi.