Yangi dunyoga kelgan çaqaloqlarni astmadan himoya qilişda uyda muşuk boqiş qöl kelişi mumkin. Kopenhagen bolalar astmasi tadqiqot markazi (COPSAC) olimlari şunday xulosaga kelişdi. Ularning tadqiqoti haqida Journal of Allergy and Clinical Immunology jurnali yozmoqda.
Olimlar uşbu kasallikka çaliniş ehtimoli yuqori bölgan guruhga kiritilgan 377 bolani tekşirib, aniqlaşlariça, kasallik uyğotuvçi TT-genotipi muşuklar bor vaqtda "faolligini yöqotadi". Bunda uyda it boqilişi ayni genlarga heç qanday ta'sir körsatmagan.
Tadqiqotning yetakçi mutaxassisi Yakob Stokholmning aytişiça, bu muşuklarning uyga olib kiradigan zamburuğlar va bakteriyalar bilan boğliq bölişi mumkin. Ammo olimlar, hozirça, muşuklar inson geniga qanday ta'sir qiladi?, degan savolga aniq javob topişgani yöq. "Agar biz uşbu mexanizmlarni izohlay olsak, ularni tösib qöyişimiz va kasallikdan himoya qilişimiz mumkin bölardi", — degan Stokholm.












