Andijon şahar “Böston” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi xonadonlarning birida öğrilik sodir etildi. Noma'lum şaxs oçiq qolgan eşik orqali kirib, xonadon egasining yotoqxonasidagi temir seyfdan 3,5 ming AQŞ dollarini öğirlab ketadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, körilgan çoralar natijasida, uşbu jinoyatni Andijon şahrida yaşovçi, heç qayerda işlamaydigan, 1978 yilda tuğilgan Ğ.M. sodir etganligi aniqlandi va uşlandi.
Hozirgi kunda Ğ.M.ning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi örganilmoqda.












