Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Jizzax viloyati Zomin tumanining Daştobod şahrida kiçik sanoat zonasini taşkil etiş töğrisida”gi qaror çiqardi.

Hujjat bilan Jizzax viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining Jizzax viloyati Zomin tumani Daştobod şahrining umumiy maydonida kiçik sanoat zonasini taşkil etiş taklifiga rozilik berildi.

Jizzax viloyati hokimligi Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, xöjalik boşqaruvi organlari bilan birgalikda:

bir oy muddatda Jizzax viloyati Zomin tumanining Daştobod şahri hududida joylaşgan davlat mulki obektlarini töliq xatlovdan ötkazadi hamda xatlov natijalariga köra kiçik sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun mos bölgan obektlarni belgilangan tartibda Jizzax viloyati Zomin tumani hokimligiga  berilişini ta'minlaydi;

Jizzax viloyati Zomin tumanining Daştobod şahri hududida joylaşgan böş turgan davlat mulki obektlari va ilgari xususiylaştirilgan işlab çiqariş maydonlarini doimiy xatlovdan ötkazib boradi hamda xatlov natijalariga köra yangi işlab çiqariş quvvatlarini joylaştiriş uçun mos bölgan obektlar röyxatini belgilangan tartibda Jizzax viloyatining erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalari ma'muriy kengaşiga (Ma'muriy kengaş) kiritib boradi.

Belgilanişiça:

kiçik sanoat zonasi hududida joylaşgan davlat köçmas mulkidan foydalanganlik uçun ijara tölovi istisno tariqasida “nol” stavka miqdorida belgilanadi;

kiçik sanoat zonasi hududidagi davlat köçmas mulklari tadbirkorlik sub'yektlariga 10 yil muddatga ijaraga beriladi hamda loyihalarni amalga oşiriş böyiça biznes reja körsatkiçlari töliq bajarilganda va belgilangan iş örinlari yaratilib, saqlangan taqdirda keyinçalik örnatilgan tartibda mulk huquqi rasmiylaştirib beriladi.

Kiçik sanoat zonasi faoliyatini samarali taşkil etiş va boşqariş uçun davlat unitar korxonasi şaklidagi direksiya taşkil etiladi.

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, loyiha taşabbuskorlari va tijorat banklari tomonidan işlab çiqilgan Jizzax viloyati Zomin tumanining Daştobod şahrida 2018-2019 yillarda amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati ilovaga muvofiq ma'lumot uçun qabul qilinadi.