Vaqt yana iyulga qaytib qolgandek. Hamma Neymar haqida gapiryapti. Uning goh Emeri bilan, goh jamoadoşlari bilan mojarolari, gohida «Real»ga transferi yoki «Barselona»ga qaytişi haqidagi gap sözlar - bularning barçasi aslida braziliyalik futbolçining Parijda özini baxtsiz his qila boşlagani bilan boğliqdek. Parijda özini baxtsiz his qiliş mumkinmi? Ha, agar siz Neymar bölsangiz...

Aslida Neymar hammasini töğri qilgandi göyo. Butun dunyoni hayrat köçasiga yetaklagan summa evaziga dunyo markazlaridan biri bölmiş Parijga ötiş, yangi jamoada asosiy va eng çaroğon yulduz sifatida porlaş va balki «Oltin töp»ni qölga kiritiş. Messining soyasida dunyoning eng yaxşi öyinçisi böliş imkonsizdek, Inestadan sörang, goho jahon çempioni böliş ham yetmay qoladi. Pul yoki e'tiborni bir çetga surib qöysak, Neymarning «PSJ»ga ötişini mana şunday futbol ambitsiyalari asosida ham tuşuniş qiyin emasdi. Ammo köp jihatlar Neymar kutganidek bölib çiqmadi. Misol uçun:

FRANTsIYa ÇeMPIONATI

Tan oliş lozimki, «Liga 1» La Liga emas. «PSJ» «Barselona» emas. Albatta, ilk kunlarda, ilk turlarda Neymarning debyut öyinlari barçaning e'tiborida böldi. Faqat boşida. Tasavvur qiling, Neymar ajoyib gol urib jamoasiga ğalaba keltirgan kunning ertasiga uyğonadi-yu, qarasa, butun dunyo u haqida gapirmayapti. Dahşat. Öz vaqtida yutub qiroli bölgan, «Barselona»dan aynan soyada qolmaslik uçun ketib qolgan Neymar uçun bu juda yomon. Rostan ham «PSJ»ning «Renn» yoki «Tuluza»ga neçta gol urişi heç kimga kerak emas. Töğri, «Xetafe»lar Ispaniyada ham bor, lekin «Real» bilan raqobat fonida, şuningdek, butun dunyoga tarqalgan «Barselona» muxlislari orasida öşa öyin ham «trend» sifatida kuzatilardi. Fransiyada unday emas. Öz vaqtida Devid Bekhemdan tortib, Zlatan Ibrahimoviçlargaça bu jarayonni öz boşlaridan keçirgan. Agar Çempionlar Ligasini aytmasa, MLS nima-yu, Liga 1 nima...  

JAMOADOŞLAR

Neymar qarasa, uni Parijda intizorlik bilan kutgan futbolçilar u qadar köp emas ekan. Bu yerda ham öz Messilari, Suareslari bormuş... Albatta, Kavanini Messi bilan taqqoslaş noörin. Mahoratini aytmayapman. Messi yoki Inesta uçun «Barselona» öziniki edi, ular jamoaning kuçliroq bölişini istaşar, yordamga Neymar kabi yulduzlar kelsa, quçoq oçib kutib olişardi. Messi heç qaçon özining Neymar bilan soliştirişlari haqida öylamasdi, uning «Barselona»ga munosabati bunday fikrlardan balandroq edi. Kavani esa, xuddi Neymar kabi yollanma, faqat sal ertaroq kelgan. U ham köproq gol urişni istaydi. Nihoyat Fransiya Ligasi ham «Oltin butsa» koyeffisentlarida 2.0 ga çiqqaç, bu sovrinni ham qölga kiritişni istaydi. U uçun Neymar bu yöldagi bir raqobatçi xolos. Penalti va jarima töplarni talaşib, voqea juda kattalaşib ketgani yorqin misol. Neymar Parijga kelayotganda, bunday bölişini kutmagani tabiiy.