Pokistonning Karaçi şahrida boşini 180 gradus orqaga ögira oladigan 14 yoşli Muhammad Samir ismli bola yaşaydi. Bu haqda Daily Pakistan naşri xabar bermoqda. 

Ösmirning aytişiça, uning bu qobiliyati tuğma nuqson emas, balki uzoq keçgan maşğulotlar natijasidir. Muhammadning ta'kidlaşiça, u 6 yoş bölganda Gollivudda işlangan dahşat filmlaridan birida boşini orqasiga aylantira oladigan qahramonga közi tuşib, unga öxşamoqçi bölib muntazam maşqlar qila boşlagan va bir neça oydan keyin közlagan maqsadiga erişgan.

Muhammadning onasi unga bu maşqlarni taqiqlaşga xarçand urinmasin, u töxtaşni istamagan. “Vaqti kelib, u bu tangri inoyati ekanligini tuşungan”, deb aytmoqda ösmir.

Muhammad otasi kasalga çalingandan keyin maktabdagi öqişini taşlab, oilasiga yordam beriş maqsadida Dangerous Boys raqs guruhiga qöşilib, özining antiqa qobiliyati bilan pul topmoqda.